Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTGA BAG’ISHLANGAN DAVRA SUHBATI

×

 2022-06-25 15:30:05    186

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq pedagogika kollejida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha qonun loyihasi muhokamasiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.


Mamlakatimiz siyosiy hayotida bugungi kundagi eng muhim voqealardan biri, bu shubhasiz, konstitutsiyaviy islohotlarning navbatdagi bosqichi bilan bog’liq, desak mubolag’a bo’lmaydi.

O’tkan yillarda amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasi asosidagi ulkan islohotlar va uning yakuni hamda sarhisobi konstitutsiya darajasida islohotlar o’tkazish zaruriyatini kun tartibiga olib chiqdi. Konstitutsiyaviy islohotlarning amalga oshirish zaruriyati bir qancha mezonlarga bog’liq hamda u bugungi kunga qadar bir qancha bosqichlarni bosib o’tganiga barchamiz bevosita guvoh bo’ldik.

Davra suhbatida bugungi kunda xalqimizning orzusi, ezgu istagi, oliy maqsadi bo’lgan tom ma'nodagi insonparvar va adolatli, erkin va demokratik, obod va farovon, dunyo mamlakatlari bilan har tomonlama raqobatbardosh mustaqil davlat – Yangi O’zbekistonni qurish g’oyasi – fuqarolarning qalbidan chuqur joy olib, uni hayotga tatbiq etish umummilliy harakatga aylanib ulgurgani alohida e'tirof etildi.

Konstitutsiyaviy islohot bu – “Yangi O’zbekistonga – yangilangan Konstitutsiya” lozim, deb hisoblayotgan aholining keng qatlami va saylovchilar amri, xohish-irodasi, shuningdek, mamlakatdagi shiddatli demokratik islohotlar, biz yashayotgan zamonning talabi ekanligi davra suhbatida ta'kidlandi.

Shuningdek, loyiha bo’yicha yig’ilganlarga atroflicha ma'lumotlar berildi. Bundan tashqari, har bir fuqaro Konstitutsiyaga o’z taklifini bildirishi aytib o’tildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat