Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQDA MA'NAVIYAT FESTIVALLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2022-06-01 07:49:13    142

PDF yuklash
Chop etish


Shu kundarda viloyatimiz yana bir katta ma'naviy-ma'rifiy tadbirga mezbonlik qilmoqda. Barcha mahalla fuqarolar yig’inida “Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug’langan yurt” shiori ostida kontsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar, eng sara kinofilmlar namoyishi bo’lib o’tmoqda. Jumladan, bunday tadbirlar tuianimizda ham tashkil etilmoqda.


Farg’onaliklar azaldan madaniyat va san'atni qadrlashadi. Ayniqsa, elimiz suygan san'atkorlar va ijodkorlar bilan gurunglarni, uchrashuvlarni sog’ingan. Shu bois ham har bir hududda bu tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazish chora-tadbirlari belgilandi.

Uchrashuvlarda aholiga yurtimizda Yangi O’zbekistonni bunyod etish yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni aniq hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli shaklda yetkazishga e'tibor qaratilmoqda.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Kitob karvoni” tashkil etilib, mingdan ziyod kitoblar tuhfa qilinadi. “Kinokarvon” loyihasi doirasida mahallalarda kino san'atimizning 100 ta eng sara namunasi va so’nggi yillarda ishlab chiqarilgan filmlar namoyish etilib, kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat