Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QURILISH VA BUNYODKORLIK ISHLARIDAN AHOLI MAMNUN

×

 2023-05-17 18:42:23    188

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar" to’g’risidagi PQ-408-sonli qarori ijrosi Oltiariq tumani Guliston mahallasida ham amalga oshirilmoqda.
Ushbu qarorga asosan mahalladagi eski, yaroqsiz holatga kelib qolgan 6,5 km ichimlik suvi tarmog’i, hamda 3,0 km oqova suv tarmog’i yangitdan tortilib, jami 2,36 mlrd so’mlik ishlar bajarilishi ko’zda tutilgan.

Buning natijasida Guliston mahallasidagi va unga yondosh H.Olimjon, O’zbekiston va Tinchlik mahallalaridagi 600 dan ortiq xonadon uzluksiz ravishda sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlanadi hamda sanitariya osoyishtaligi yaxshilanishi natijasida aholi salomatligini saqlash bo’yicha katta qadam tashlanadi.

Mahallalar aholisi so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlaridan mamnun ekanligini bildirmoqdalar.