Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
“DAVLAT MULKINI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
2023-05-26 09:33:35 223
(O‘RQ–821-son, 09.03.2023-y.) mazmun-mohiyati va ahamiyati
Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan
asoslarga ko‘ra, shuningdek quyidagi asoslarga ko‘ra ham yuzaga keladi:
shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda;
mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yig‘imlar
bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan
dividendlarni xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yo‘li
bilan ulushni olishda;
sud qarorlari asosida.
Qonunga ko‘ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:
• O‘zbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo
bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi;
• moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bog‘lari.
Davlat mulkini boshqarish subyektlari quyidagilardan iborat:
Vazirlar Mahkamasi;
Agentlik;
maxsus vakolatli davlat organlari;
davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli
davlat organidir.
Davlat mulki reyestrini yuritish Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda
Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Agentlik har yili 1 avgustgacha davlat ishtirokidagi korxonalarning o‘tgan moliya
yilidagi faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon
qiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.