Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“DAVLAT MULKINI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN

×

 2023-05-26 09:33:35    144

PDF yuklash
Chop etish


(O‘RQ–821-son, 09.03.2023-y.) mazmun-mohiyati va ahamiyati

Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan

asoslarga ko‘ra, shuningdek quyidagi asoslarga ko‘ra ham yuzaga keladi:

 shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda;

 mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yig‘imlar

bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan

dividendlarni xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yo‘li

bilan ulushni olishda;

 sud qarorlari asosida.

Qonunga ko‘ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:

• O‘zbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo

bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi;

• moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza

etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bog‘lari.

Davlat mulkini boshqarish subyektlari quyidagilardan iborat:

 Vazirlar Mahkamasi;

 Agentlik;

 maxsus vakolatli davlat organlari;

 davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari;

 mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli

davlat organidir.

Davlat mulki reyestrini yuritish Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda

Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

Agentlik har yili 1 avgustgacha davlat ishtirokidagi korxonalarning o‘tgan moliya

yilidagi faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon

qiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.