Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA – YOSHLAR BAYRAMI

×

 2022-06-29 19:01:27    169

PDF yuklash
Chop etish


30 iyun – Yoshlar kuni respublikamizda yoshlarning eng sevimli bayramiga aylanib ulgurdi. Sana munosabati bilan joylarda bo’lgani kabi tumanimizda ham turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.


"Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi madaniy dasturning navbatdagisi Chordara mahallasida bo’lib o’tdi. Unda tuman hokimi o’rinbosari A.Islomov, tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari M.Qunduzov hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda so’z olganlar jamiyatimizning barcha jabhalariga dadil kirib kelayotgan, har tomonlama barkamol avlod vakillarining mavqei tobora yuksalib borayotganini, g’ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar yoshlar har qachongidan faol, tashabbuskorliklarini namoyon etib kelayotganliklari ta'kidlandi.

Tadbir avvalida hududdagi 28-umumta'lim maktabini oltin medalga tamomlagan 3 nafar yoshlarga esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirilib, kelgusi o’qishlariga omadlar tilandi.


– Yosh avlodni har tomonlama, bugungi shiddatli zamonga munosib etib tarbiyalash oldimizda turgan eng muhim vazifadir, – deydi mahalladagi yoshlar yetakchisi T.Sirojiddinov. – Yoshlarning faolligi va tashabbuskorligini orttirish bilan birga, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, zararli illat va yot g’oyalar ta'siridan himoya qilish, qolaversa, ularning iqtidorlarini qo’llab-quvvatlashga ham alohida e'tibor qaratmoqdamiz.


Tadbirda xushovoz xonandalar Nodirbek Xolboyev, Farrux Nabiyev va boshqa bir qator yosh iste'dod egalari tomonidan kuylangan Vatanni, mustaqillikni va yoshlikni tarannum etuvchi taronalar barchaga birdek manzur bo’ldi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat