Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’QISHDAN, IZLANISHDAN, OLG’A HARAKAT QILISHDAN HECH QACHON TO’XTAMANGLAR

×

 2022-06-27 18:12:40    152

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliyev Povulg’on qishlog’ida tumandagi umumta'lim maktablari, kasb-hunar maktablari, kollej hamda texnikum bitiruvchilari bilan uchrashdi


Muloqot davomida tuman rahbari mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning o’z iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta'lim maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta'lim sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko’tarish, iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidladi.

Muloqotda joriy o’quv yilida umumta'im maktablari va kasb-hunar maktablarini tamomlagan bitiruvchilarni ta'limni keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirishlari masalasi atroflicha muhokama etildi.

Ochiq, samimiy tarzda o’tgan muloqotda tuman hokimi bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi. Uchrashuv so’nggida yoshlar uchun mehnat yarmarkalari tashkil etildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat