Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XUDUDLARDA TAXLILIY MULOQOTLAR O’TKAZILMOQDA

×

 2023-05-11 09:53:26    170

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig’i Murodjon Qunduzov rahbarligida tuman xududida sodir etilgan jinoyatchilik xolatlari bo’yicha taxliliy yig’ilishlar o’tkazilmoqda.
Sektorlar va mahalla fuqarolar yig’ini kesimida o’tkazilayotgan uchrashuvlarda xudud profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va mutaxassislari, ta'lim muassasalari rahbarlari hamda aholi vakillari ishtirok etmoqdalar.
Ana shunday muloqotlar tumandagi 1-umumta'ldim maktabida, 2-umumta'lim maktabida, 27-umumta'lim miaktabida, Maorif hamda Povulg’on mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib o’tdi.
M.Qunduzov o’tgan davrda sodir etilgan jinoyatlarni xududlarga tegishliligi bo’yicha batafsil taxlil qildi.
Xavfsiz xudud, xavfsiz muassa tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlarda keng jamoatchilikning o’rni xususida fikr yuritildi.
Mahalla va muassasalarda kunduzgi va tungi vaqtlarda mas'ullar tomonidan muntazam nazoratni ta'minlash, kuzatuv kameralari va tungi yoritish tizimlari faoliyatini to’g’ri tashkil etish masalalarida gapirib o’tildi.
Ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida xuquqbuzarliklarni oldini olish, xotin-qizlar ishtirokida sodir etilayotgan yoki ularning xuquqlari poymol qilinayotgan xolatlarga qarshi kurashish ishlarida jamoatchilikning ishtiroki ahamiyatli.
Har qanday jinoyatga jazo muqarrarligini anglab yetish va xuquqiy bilimlarini oshirish uchun yoshlar o’rtasida profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.