Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR MUHOKAMADA

×

 2022-06-28 11:04:58    133

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimligining katta majlislar zalida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.


Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati B.Rahmonaliyev va xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdi.

Unda Asosiy qonunning ayrim jihatlarini bugungi zamonaviy dunyo talablaridan kelib chiqib hayotga moslashtirish, aslida o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish orqali konstitutsiya mukammallashtirilishi, takomillashtirilishi, shu tariqa uning asosiy mazmun mohiyati saqlab qolinishi haqida so’z yuritildi.

Muhokamada so’zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Raxmonaliyev birinchi o’qishda qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha to’xtalib o’tdi. Xususan, konstitutsiyaviy qonun loyihasi bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o’zgartirishlar kiritishni nazarda tutayotganligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilayotganligi haqida batafsil ma'lumot berib o’tdi.

Ma'ruzachi o’z so’zini davom ettirib, o’tgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida tub o’zgarishlar bo’lganligi, bu esa Bosh qomusimizda "Yangi O’zbekiston - ijtimoiy davlat" tamoyillarini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo’lishini ta'minlash, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining o’rnini konstitutsiyaviy darajaga ko’tarish, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini ko’rsatib qo’yganligini tushuntirib o’tdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat