Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVRA SUHBATI

×

 2023-05-05 15:42:05    179

PDF yuklash
Chop etish


Maktablarda faoliyat yuritayotgan idoraviy qorovullik bo’linmalarining huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirishni bugungi globallashgan zamonda vaziyatning o’zi talab etmoqda. 


Qo’riqlanayotgan ob'ektlarda jinoyat, huquqbuzarliklar va boshqa favqulodda vaziyatlarda hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlariga xabar berish tartiblari bilan esa har bir idoraviy qorovullik bo’linmalarining xodimlari boxabar bo’lishlari lozim.


Farg’ona viloyati “Qo’riqlash” boshqarmasi tomonidan Oltiariq tumanidagi umumta'lim maktablarining direktorlari, xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarlari hamda idoraviy qorovullari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.


Unda umumta'lim maktablarida jamoat hamda o’quvchilar xavfsizligini ta'minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda, yigit-qizlar orasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz holatlarning oldini olishda ahamiyat qaratish lozim bo’lgan jihatlar haqida so’z bordi.


Ochiq muloqotlar davomida davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo’linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish lozimli ham qayd etildi.