Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KELAJAGI PORLOQ YOSHLAR

×

 2022-06-30 23:37:01    124

PDF yuklash
Chop etish


Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston” bog’ida o’tkazilgan bayramga tashrif buyurdi va nutq so’zladi.


Tumandagi 14-umumta'lim maktabiga o’rnatilgan ulkan monitor qarshisiga tumanimizdagi ta'lim muassasalarining faol o’quvchilari, turli yo’nalishlarda yutuqlarga erishayotgan yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari jam bo’lishdi.

Davlatimiz rahbari o’z nutqida yig’ilganlarni Yoshlar bayrami bilan tabrikladi. Mamlakatimizda yangi Renessansning mustahkam poydevori qo’yilayotgani, yoshlarimiz o’z oldilariga katta marralar, ulkan maqsadlarni qo’yishi zarurligini ta'kidlandi. 

Oltiariqlik yoshlar onlayn tarzda jarayonlarni kuzatib bordilar. Albatta, ular Prezident nutqidan va amalga oshiriladigan yangi islohotlardan kuch olib, Yangi O’zbekistonimizning haqiqiy bunyodkori bo’lishga yana bir bor ahd qildilar.


Poytaxtdagi tantanalar yakunlangach, tumanda ham yoshlar bayram ko’tarinki ruhda davom etdi.

Tadbir yakunida o’zining faolligi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelayotgan bir guruh yoshlarga tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi.

Tuman hokimi Sh.Turdaliyev yoshlarni bayram bilan yana bir bor tabriklab, ularga katta ishonch bildirdi.

Iste'dodli xonandalar tomonidan kuylangan diltortar taronalar barchani o’yin-kulguga chorladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat