Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ BILAN MULOQOT - VIJDON ISHI!
2022-06-30 15:29:49 213
Hozirda, inson manfaatlarini ta'minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg’u berilmoqda. Yurtimizda halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta'minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat.
Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo’jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tashkil etish, rahbar xodimlarni xalq bilan muloqotga kirishlari uchun asos yaratish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Shu kabi qabullarning navbatdagisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasida o’tkazildi. Unda tuman hokimi Sh.Turdaliyev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabul qilindi.
Qabul jarayonida aholi tadbirkorlik huquqlari, inson huquqlari, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar va boshqa sohalar bo’yicha o’zlarini qiynayotgan muammolari bilan murojaat qilib, kerakli tavsiyalarni oldilar.
Kelib tushgan murojaatlarga tegishliligi bo’yicha qonuniy yo’l-yo’riq ko’rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat