Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLARDA INSONNING QADR-QIMMATI USTUVOR

×

 2022-06-29 15:17:00    232

PDF yuklash
Chop etish


Barchamizga ma'lumki, joriy yilning 25 iyunidan mamlakatimizda “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi boshlandi.


Hozirda barcha joyda bo’lgani kabi Oltiariqda ham Konstitutsiyaviy islohotlarning mohiyatini aholiga yetkazish bo’yicha keng qamrovli targ’ibot ishlari olib borilmoqda.

Bugun tuman hokimligida o’tkazilgan ana shunday tadbirda tuman hokimi Sh.Turdaliyev hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Rahmonaliyevlar ishtirok etib, konstitutsiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, konstitutsiyaviy qonun loyihasining ishlab chiqish jarayonlari haqida ma'lumot berdilar.


Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko’lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta'minlash kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirgani ta'kidlandi.

Ha, Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda bir qator yangi tamoyillar aniq ifoda etiladi hamda o’zining mukammal huquqiy yechimini topadi. Inson qadrini yuksaltirish haqiqatdan davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo’lishi shartligi ana shunday hayotiy tamoyillardan biridir.


Konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo’lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta'minlashga, himoya qilishga qaratilgan to’g’ridan-to’g’ri ishlaydigan normalarga aylanadi. Uchrashuvda Konstitutsiyamizning har bo’limiga kiritilayotgan o’zgartish va qo’shimchalar, buning zarurati va ahamiyati haqida batafsil so’z yuritildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat