Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“INSON QADRI UCHUN”, DEGAN TAMOIL USTUVOR
2022-06-28 16:22:21 275
Yurtimizda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan nogironlarni har taraflama qo’llab-quvvatlash, ularga hayotda teng imkoniyatlar yaratib berish va huquqiy yordam ko’rsatish masalasiga katta e'tibor qaratib kelinmoqda.
Prezidentimiz tomonidan joriy yil 17 fevralda qabul qilingan “Nogironligi bo’lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ham bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi.
Farmon bilan nogironligi bo’lgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj bo’lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlar joriy etildi.
Farmonga ko’ra, 2022 yil 1 apreldan mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to’liq bo’lmagan chog’dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo’shimcha to’lovni hisobga olgan holda – 440 000 so’mdan 622 000 so’mgacha oshirildi. Bundan tashqari, o’zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo’lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so’m miqdorida nafaqa to’lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etildi.
Endilikda parvarishlash nafaqasi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari tomonidan tayinlanadi va to’lanadi.
Farmonga ko’ra, 2022 yil 1 apreldan o’zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to’g’risidagi, 2022 yil 1 oktyabrdan o’zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning qonuniy vakillari to’g’risidagi ma'lumotlar byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga elektron taqdim etib boriladi.
2022 yil oktyabrdan 18 yoshgacha nogironligi bo’lgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to’lanadigan nafaqalar hamda parvarishlash nafaqasi fuqarolardan qo’shimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlanadi. Farmon bilan shuningdek, o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro’yxati (34 ta) tasdiqlandi.
Bir so’z bilan aytganda, nogironligi bo’lgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o’zaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda bo’lishi, ijtimoiy va boshqa infratuzilma ob'ektlaridan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani zamirida “Inson qadri uchun”, degan tamoilning ustuvorligidan dalolat beradi.
G.Muxtorova,
Oltiariq tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat