Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLARGA BUG’DOY VA TAKRORIY EKIN UCHUN YERLAR BERILMOQDA
2022-06-27 07:30:30 220
“Inson qadri uchun” tamoyili asosida odamlarni rozi qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishiga aylandi.
Bu tamoyil O’zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida ham bosh mezon etib belgilangan holda har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda. Demakki, inson manfaatlari mamlakatimizda oliy qadriyat sifatida e'zozlanmoqda, ulug’lanmoqda.
Darhaqiqat, yurtimizda hamisha o’zaro mehr-oqibat, saxovat, azaliy qadriyatlarimizni e'zozlash kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar ulug’lanib kelingan. Ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshi ulug’ insonlarga g’amxo’rlik ko’rsatishga alohida e'tibor qaratilgan. Bugungi kunda ham bu kabi ezgu ishlar davom etmoqda.
Xususan, ayni paytda saxovatli fermerlarimiz tomonidan hududlardagi ehtiyojmand insonlar hamda xo’jalik a'zolariga bug’doy, bug’doy somonlari va takroriy ekin ekish uchun bug’doydan bo’shagan yerlar berilmoqda.
“Vahobhoji Toshpo’latobod” va “Nozimaxon Mahmura” fermer xo’jaliklarida amalga oshirilgan ana shunday xayrli ishlarda tuman hokimining o’rinbosari Umidjon Bozorov ishtirok etib, fuqarolarga takroriy ekin uchun berilgan yerlardan unumli foydalanib, yaxshi mahsulot yetishtirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat