Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI SESSIYASI

×

 2022-06-24 12:16:19    363

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tuman hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi 48-sessiyasi bo’lib o’tdi.


Sessiya ishida xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, tuman sektor rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishitirok etdi.

Sessiyani xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sh.Turdaliyev boshqarib bordi.

Kun tartibi bo’yicha dastlab tuman sektor rahbarlarining sektorlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xisobotlari eshitildi.  Sektorlar tomonidan fuqarolarni hayotdan rozi bo’lib yashashlariga erishish, murojaatlarini o’rganish, moddiy va ma'naviy ko’mak berish bo’yicha tizimli ishlar tashkil etilayotgani ta'kidlandi.

Shuningdek, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni ro’yhatdan chiqarish hamda extiyojmand oilalarni "Temir daftar" ro’yxatiga kiritish to’g’risidagi masala ham deputatlar muhokamasida bo’ldi.


So’nggi yillarda yurtimizda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan hududlarni yanada obodonlashtirish, ko’rkam qiyofa kasb etishida “Obod qishloq” dasturi muhim o’rin tutmoqda. Sessiyada "Obod mahalla" davlat Dasturi doirasida "Qiziltepa" va "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig’inlarida hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman hududida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida mas'ullarning hisobotlari eshitildi.

Oltiariq tumanida “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo’llab-quvvatlash, kasb-hunarga o’rgatish va bandligini ta'minlash hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Bo’zatov tumanida Oltiariq tumani hokimligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi masalalar ham kun tartibida o’z dolzarbligi bilan deputatlarning muhokamasida bo’ldi.


Prezident tashabbusi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlantirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Shunga ko’ra Bo’zatov tumanida Farg’ona tajribasi asosida ish olib borish topshirig’i berilgan edi. Bugungi kunda Bo’zatov tumani tuman hokimligi tomonidan ham bir qator ishlar olib borildi. Xususan, 2 ming gektar yer maydonida uzumzorlar tashkil etilib, “Rizamat ota”, “Kelinbarmoq” kabi sezhosil uzumlar ekilgani alohida e'tirof etildi.

Shuningdek, maktab ta'limini rivojlantirish, tuman mahallalarining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma ob'ektlarining haqiqiy holatini baholash natijalari hamda Aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi masalalar ham ko’rib chiqildi.

Sessiyada ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat