Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OQBO’YRADA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2022-06-23 16:18:22 232
Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni yanada kengaytirish, muammolarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish maqsadida joylarga chiqqan holda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabullar o’tkazilmoqda.
Bugun, 23 iyun kuni tuman hokimi o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida Oqbo’yra qishlog’ida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi.
Sayyor qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan uy-joy ta'minoti, kredit olish, oilaviy nizolar, davolanish uchun yo’llanma, moddiy yordam olish, sud-huquq, ishga joylashish murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
O’rganish va muddat talab qiluvchi murojaatlar bo’yicha masalaga dahldor bo’lgan mas'ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat