Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVRLARDAN SO’ZLOVCHI KITOB

×

 2022-06-23 14:14:43    21

PDF yuklash
Chop etish


27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami arafasida “Davr ovozi” Oltiariq tuman matbuoti tarixidan lavhalar” kitobi nashrdan chiqdi.


Gazetaga uzoq yillar mehnati singgan jurnalistlar Olimjon Hakimov va Obidjon Berdaliyev hammuallifligidagi risolada Oltiariq tumani hokimligi muassisligidagi “Davr ovozi” gazetasida sal kam bir asr mobaynida chop etilgan eng sara maqolalar hamda unda ijod qilgan mehnat jamoasi haqida so’z boradi.

–                  Ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotining har bir kunini yoritib boruvchi, uni tarix zarvaraqlariga muhrlovchi tom ma'nodagi “Davr ovozi”dir. Bu vositalar ichida bosma nashrlar, shu jumladan, gazetalarning o’rni katta. Gazetalar vaqtli matbuot bo’lish bilan birga, yillar mobaynida saqlanib qolishi tufayli, xos solnoma sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi kitob muallifi Obidjon Berdaliyev.

Gazetaning 90 yilligiga bag’ishlangan mazkur kitobda tuman iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining o’tmishdagi va hozirgi tarixi qisman yoritilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat