Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 152 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR PROKUROR KUBOGI UCHUN GILAMGA TUSHDILAR

×

 2022-06-22 18:48:09    172

PDF yuklash
Chop etish


O’zbek xalq milliy o’yinlari o’zining uzoq o’tmishi, boy tarixiga ega bo’lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o’tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanalai. Zero, bolalar va o’smirlarni har tomonlama sog’lom, jismonan baquvvat, ma'nan zukko va topqir bo’lib ulg’ayishlarida har bitta milliy o’yinimizning o’z o’rni bor.


So’nggi yillarda yoshlarimizni sog’lom turmush tarziga targ’ib etish, ularning intellektual salohiyati bilan birgalikda jismonan barkamol bo’lib voyaga yetishlariga xizmat qiluvchi qadimiy xalq o’yinlarini yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Buni tuman Bolalar va o’smirlar sport maktabida sportning milliy kurash turi bo’yicha bo’lib o’tgan “Tuman prokurori kubogi” musobaqasi misolida ham ko’rish mumkin.


Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida tashkillangan musobaqada tumandagi mahallalarda yashovchi yoshlar vakillari 10 ta vazn toifasida gilamga tushdilar.

Ibrohim Mo’ydinov, Zohidjon Sobirjonov, Alimardon Ro’zamatov, Mubina Abdumajidova, Shahnoza Malikova kabi bir guruh yoshlar o’z vazn toifalarida g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

G’olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg’alari topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat