Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQDA 101 NAFAR BITIRUVCHIGA OLTIN MEDALLAR TOPSHIRILDI

×

 2022-06-21 17:59:20    221

PDF yuklash
Chop etish


Bu yil tumandagi umumta'lim maktablarini 2444 nafar o’g’il-qiz tamomladi. Ular orasida iqtidor va iste'dodlar bisyor. Buni, jumladan, bitiruvchilarning 101 nafari a'lo o’qishi va namunali xulqi uchun oltin medal, 12 nafari esa kumush medalga sazovor bo’lganida ko’rish mumkin. 


Bugun tuman madaniyat saroyida medallarni o’z egalariga topshirishga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Unda so’z olganlar kelajak sari dadil parvozga chog’langan bitiruvchilarga nufuzli oliy o’quv yurtlari talabalariga aylanishlarida omad va muvaffaqiyat tiladilar.

Medallarni tuman hokimi Sh.Turdaliyev hamda tuman prokurori, 2-sektor rahbari R.Tillayevlar o’z egalariga tantanali ravishda topshirdilar. 


– Maktabni bitirayotgan iqtidorli o’quvchilarga oltin va kumush medallarining berilishi xalq ta'limi sohasidagi muhim islohotlardan biri bo’ldi. Buning qanchalik saodat ekanligini oltin medal olgan o’quvchidan ham ko’ra, shogirdi yoki farzandi oltin medalni ko’ksiga taqqan o’qituvchi va ota-ona chuqurroq anglaydi, - deydi quvonchini yashira olmay 28-maktab o’qutuvchisi Yorqinoy Rahmonova. – bugun bizning maktabni tamomlagan 3 nafar bitiruvchilarimizning ko’ksida oltin medal porladi.


Tumandagi 1-IDUM direktori Homidjon Rahimovning e'tirof etishicha, maktabni 21 nafar o’quvchi 11-sinfni tamomlagan. Ularning 8 nafar oltin medalga bitirgan bo’lsa, 6 nafari muddatidan ilgari xalqaro nufuzli oliy o’quv yurtlariga o’qishga qabul qilingan.

Umid qilamizki, maktabni a'lo baholarga bitirgan yigit-qizlar kelugida ham o’qish va izlanishlarida yuqori ko’rsatkichni qo’lga kiritib, Vatanimiz rivojiga munosib hissa qo’shadilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat