Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FIDOYI YOSHLAR YETAKCHISI ANIQLANDI

×

 2022-06-21 17:03:24    53

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarining ijrosini ta'minlash, mahallalarda yoshlarga oid davlat siyosatini samaradorligini tashkil etish, yoshlar yetakchilarining ma'naviy saviyasi va bilimlarini oshirish, yoshlarda Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat tuyg’ularini tarbiyalashni qo’llab-quvvatlash maqsadida "Fidoyi yoshlar yetakchisi" Respublika ko’rik- tanlovining Oltiariq tuman bosqichi bo’lib o’tdi.


Ko’rik-tanlovda mahallalardagi yoshlar yetakchilari “Yoshlar siyosati bilimdoni”, “Samarali faoliyat”, “Innovatsion ijtimoiy loyiha” va “Iqtidor va iste'dod” shartlari bo’yicha bellashdilar.

Tanlov yakuniga ko’ra, “Tegirmonboshi” MFY yoshlar yetakchisi Elyorbek Hamroliyev faxrli 1-o’rinni, “Obod” MFY yoshlar yetakchisi Murodjon Mashrapov 2-o’rinni hamda “Beruniy” MFY yoshlar yetakchisi Shorahmatillo Mag’ripov 3-o’rinni egalladilar.


Tanlov g’oliblari va faol ishtirokchilari diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat