Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQDA YANA BIR DXM FILIALI ISH BOSHLADI
2022-06-18 12:41:30 471
Davlat xizmatlari ko’rsatish sohasida aholi orasiga chuqurroq kirib borib, fuqarolarning dardu tashvishlari bilan birga bo’lish niyatida markazdan yiroq, qatnov qiyin bo’lgan olis cho’l va tog’li hududlarda ham davlat xizmatlari markazlari filiallari tashkil etilmoqda.
Filiallarning erli aholi taklifi asosidagi belgilangan kun va vaqtda ishlayotgani xalqqa manzur bo’layotir. Boisi, markazga tushish uchun uzoq yo’l bosishmaydi, mablag’ yo’qotmaydi, vaqt sarflamaydi.
Ko’p millatli Katput qishlog’i Oltiariq tuman markazidan uzoqroqda joylashgan. Qo’shni Qirg’iziston sarhadlari bilan tutashib ketgan bu MFY da davlat xizmatlari markazi “Katput” filialining ish boshlashi minglab oilalar uchun chinakamiga quvonchli xabar bo’ldi, deyish mumkin.
Gap shundaki, qishning ayozli, yozning jazirama kunlarida uzoq masofadan keladigan fuqarolar uchun ayni muddao bo’ldi. Chunki bu yangi ochilgan filial endilikda “Katput”ning “Yangi asr”, “Tolko’cha”, “Bo’rboliq” hududining “Zilol”, “Shalola”, “Gulobod” mahalla fuqarolari yig’inining 15 minga yaqin aholisi uchun xizmat qiladi.
E'tiborli jihati shundaki, DXM filialida ham fuqarolar va tadbirkorlar uchun markazdagi kabi 170 dan ortiq xizmatlardan to’liq foydalanish mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari filiallari ayni kunlarda jismoniy va yuridik shaxslarga mobil davlat xizmatlarini ko’rsatishi bilan ahamiyatli. Hudud aholisiga ko’rsatilayotgan xizmatlar bo’yicha huquqiy maslahatlar, yo’l-yo’riqlar beriladi.
Aytish mumkinki, bugun davlat bilan xalq o’rtasidagi muloqot yangi bosqichga ko’tarildi. Xalqning og’irini yengil, uzog’ini yaqin qilish, qulaylik yaratish va shaffoflikni ta'minlashga qaratilgan davlat xizmatlarini ko’rsatishning yangicha tizimi hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat