Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI BO’YICHA SEMINAR O’TKAZILDI
2022-06-16 19:50:32 237
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyati filiali tomonidan Oltiariq tumanidagi 1-sektor hududidagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil etdi.
Unda sektor rahbarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko’rsatkichlari asosida baholash bo’yicha yangi joriy etilgan tizim muhokama qilindi. Yangi ko’rsatkichlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Seminar mashg’ulotlari davomida boshqaruvda samarali qarorlarni qabul qilish kabi bugungi kun rahbarlari uchun zarur ko’nikmalarni rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Seminarda aholi muammolari bilan manzilli ishlash, faoliyatni samarali tashkil etishda natijadorlikka erishishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat