Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTAT XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN MUSOBAQA

×

 2022-06-14 14:00:31    261

PDF yuklash
Chop etish


Bobokalon Abdullayev 1976 yil 23 dekabrda Oltiariq tumanida tavallud topgan edi. U tumandagi 2-umumta'lim maktabini tamomlab, tadbirkorlik bilan shug’ullanib, yurtimiz iqtisodiyotiga munosib hissa qo’shdi. Ayniqsa, 2010 yildan to umrining oxirigacha “Iqboljon G’afforov” qurilish-montaj xususiy firmasi rahbari lavozimida mehnat qilib, tumanning yanada chiroy ochishi, ko’p qavatli uylarning qad rostlashida jonbozlik ko’rsatdi.


Bobokalon Abdullayev tadbirkorlik bilan bir qatorda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ham faol ishtirok etdi. Xususan, Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati sifatida faoliyat ham yuritib, saylovchilarning muammolarini ijobiy hal etish, ularni hayotdan rozi qilishga bor kuch-imkoniyatini safarbar etdi. Afsuski, bevaqt kelgan o’lim fidoyi inson, saxovatpesha tadbirkor, oliyhimmat deputat B.Abdullayevni oramizdan erta olshib ketdi.

Yaxshidan bog’ qoladi, deydi dono xalqimiz. B.Abdullayevdan ham yaxshi amallar, shirin xotiralar qoldi. Kuni-kecha Zarxal mahalla fuqarolar yig’ini yoshlari o’rtasidan Xalq deputatalari Oltiariq tuman Kengashi deputati Bobokalon Abdullayev xotirasiga bag’ishlab sportning mini futbol turi bo’yicha xotira turniri o’tkazildi.

Turnirni ochilish marosimida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O’tkirbek Otaboyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Jamshidbek Bozorov, Zarhal mahalla fuqarolar yig’ini raisi Hasanboy Tojiyevlar so’zga chiqib B.Abdullayevning qisqa umri mobaynida amalga oshirgan xayrli ishlari, insoniy fazilatlari haqida yig’ilganlarga so’zlab berdilar.

Turnirda 5 ta jamoa – “Zarhal-1, “Zarhal-2”, “Zarhal-3”, “Kattariq” hamda “30 mertli yo’l” jamoalari Xotira kubogi uchun maydonda to’p surdilar. Futbol musobaqalari keskin kurashlarga boy tarzda o’tdi. Quvonarlisi shundaki, Zarhallik yoshu qari bir maqsad atrofida birlashishib marhum B.Abdullayevning yorqin xotirasini yod etdilar.

Musobaqa yakunida 30 mertlik yo’l ko’chasida istiqomat qilayotgan yoshlar faxrli 1-o’rinni egallashib, Xotira kubogi, 1-darajali medallar, maxsus diplom, shuningdek, televizor bilan taqdirlangan bo’lsalar, 2-o’rinni egallagan “Zarhal-3” hamda 3-o’rinni egallagan “Zarxal-2” jamoalari 2- va 3-darajali diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat