Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XAYR BOG’CHA, SALOM MAKTAB!

×

 2022-06-10 17:55:54    186

PDF yuklash
Chop etish


Tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo’lgani kabi Mustaqillik mahallasi hududida faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Z.Djalolova rahbarligidagi "Detstvo-2" Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida «Xayr bog’cha, salom maktab!» ma'naviy-ma'rifiy tadbiri bo’lib o’tdi.


Unda tuman hokimi o’rinbosari A.Islomov, tuman maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri X.Apandiyeva, ota-onalar, mahalla faollari, pedagoglar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish borasidagi ishlar bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilashga xizmat qilayotgani ta'kidlandi.


Hozirda mazkur ta'lim muassasasida 25 nafar o’g’il-qiz tarbiyalanmoqda. Shuningdek, muassasada rus, ingliz tillari, raqs, shaxmat-shashka, gimnastika to’garaklari bolajonlar vaqtini yanada mazmunli o’tishini ta'minlayotir. Joriy yilda muassasani 5 nafar o’g’il-qiz tamomlab, umumta'lim maktablarining birinchi sinfiga qabul qilinadi.

“Xayr bog’cha, salom maktab!” tadbirida turli viktorina o’yinlari, sport musobaqalari o’tkazilib, g’oliblar rag’batlantirildi. Bolalar ijrosida Vatanni madh etuvchi she'r-qo’shiqlar, maqol va hikmatli so’zlar, turli sahna ko’rinishlari barchaga quvonch ulashdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat