Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AYOLLARNI REABILITATSIYA QILISH VA MOSLASHTIRISH MARKAZI OCHILDI
2022-06-10 07:52:03 212
O’zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi Farg’ona viloyati Oltiariq tuman bo’limining Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi, Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi hamda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Unda viloyat hokimi o’rinbosari Komila Kavlonova, tuman hokimi o’rinbosari Xilola Atajonova, hamkor tashkilot rahbarlari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
Markazlar xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo’naltirish, nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo’yicha ish olib borishi tantanada alohida ta'kidlandi.
An'anaga muvofiq ramziy lenta qirqilib, ishtirokchilar markazlarda ishchi-xodimlar va fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, hunarmand xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan ko’rgazmalar ham ko’zdan kechirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat