Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
INSON MANFAATLARI – OLIY QADRIYAT
2022-06-09 20:34:06 190
Davlatimiz rahbari tomonidan inson manfaatlarini ta'minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg’u berilmoqda.
Yurtimizda xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish ularning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat. Aynan shu maqsadda bugun tuman hokimi Sh.Turdaliyev boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, tuman sektor rahbarlari va tashkilot rahbarlari ishtirokida 2-umumiy o’rta ta'lim maktabi hovlisida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi.
Bu galgi qabulda fuqarolar tomonidan asosan uy-joy bilan ta'minlash, aliment pulini undirish, sog’liqni saqlash, bandlikni ta'minlash sohalari bo’yicha muammolar bildirildi.
Sayyor qabulda 40 nafardan ortiq fuqarolarning murojaat va masalalari ijrosiga tegishliligi bo’yicha mas'ullar biriktirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat