Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SOLIQCHI – KO’MAKCHI
2022-06-09 20:04:39 245
2022 yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo’mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi.
Davlatimiz rahbari tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularning muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o’zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko’makchi bo’lishlari yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga yanada sifatli xizmat ko’rsatishni ta'minlash maqsadida Oltiarik tuman davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Muammolar o’rganilib ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo’lgan qator yo’nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.
Xususan, 2022 yil may oyi davomida Oltiarik tuman DSI tomonidan 128 ta tadbirkorlik sub'ektlarini qiynayotgan muammolari o’rganildi. Mazkur jarayon davomida ko’maklashish zarur bo’ligan 109 ta tadbirkorlik sub'ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to’lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko’rsatildi.
Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidenimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.
I.Sultonov,
Oltiariq tuman DSI boshlig’i.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat