Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YULDUZ” BAG’RIDA

×

 2022-06-09 09:57:04    121

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida yosh avlod tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratilib, ularning barkamol insonlar bo’lib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo’llab-quvvatlash, hayotda munosib o’rin topishlariga ko’maklashish ham davlatimizning doimiy e'tiborida. Ayniqsa, yozgi ta'til davrida bolajonlarning hordiq chiqarishlari va sog’lomlashtirilishida bolalar oromgohlari faoliyati muhim ahamiyatga egadir.


Oltiariq tumanidagi “Yulduz” oromgohi bolajonlarni o’z bag’riga olishni boshladi. Tuman hokimligi tasarrufidagi mazkur maskanga dastlabki qabulda 100 nafardan ortiq bolajonlar maroqli hordiqni boladilar.

– Barcha binolar, yo’laklar, basseyn, o’yingoh to’liq ta'mirdan chiqarildi. Tuman hokimining tashabbusi bilan yuvinish xonasi yangitdan qad rostladi, – deydi oromgoh rahbari Bahodirjon Xolmirzayev. – Tarbiyachilar, oshpazlar, to’garak rahbarlari va shifokorlar bilan bolajonlarni quchoq ochib kutib oldik. 12 kun davomida ularning miriqib hordiq chiqarishlari uchun hamma sharoit yetarli.


120 o’ringa mo’ljallangan oromgohga har smenada 120 nafardan jami 360 nafar dam oluvchi bolajonlar qabul qilinadi. Bolalar to’rt mahal issiq ovqat bilan ta'minlanadi. Shuningdek, turli qiziqarli o’yinlar, sport musobaqalari, ko’ngilochar tadbirlar bolajonlarning ko’ngildagidek dam olishlariga zamin yaratadi. Ularning so’lim tabiat qo’ynidagi oromgohdan bir olam taassurotlar bilan qaytishlariga ishonamiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat