Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQDA ADLIYA BO’LIMI 4 YILLIK “BOSH OG’RIG’I”GA BARHAM BERDI

×

 2022-06-07 17:25:01    266

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanining Zilxa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi Shafoat Kamoldinova 3 nafar farzandiga tug’ilganlik haqidagi guvohnoma ololmayotganligi to’g’risida Oltiariq tuman adliya bo’limiga murojaat qildi.


Gap shundaki, 10 yil avval uning turmush o’rtog’i uydagilarining qistovi bilan Rossiya davlatiga ishlash uchun ketgan edi. Afsuski, shu kunga qadar undan darak bo’lmadi. Na mablag’ yubordi, na o’zi qaytib keldi.

Shu sababli Shafoatxon og’ir qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Qarovchi yo’qligi sababli birinchi farzandini uyida dunyoga keltirishga majbur bo’ldi. Tug’ilish bilan bog’liq hujjat ishlarining oxiriga yetkazilmaganligi bois to’ng’ich farzandiga guvohnoma berilmagan. Oltiariq tuman adliya bo’limi harakatlari bilan murojaat sud tartibida qanoatlantirilib, qisqa muddatlarda uch farzandga guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Dilorom Vahobiddinova 2019 yil fevral oyida uy-joyga muhtoj oilalar uchun o’tkazilgan onlayn savdolarda 2-guruh nogironligi bor ukasiga yer sotib oladi. Biroq uning xarid qilib olgan, qonunan o’ziga tegishli yerida uy-joy qurish uchun ko’plab byurokratik to’siqlar yuzaga keldi. Muammolar, sansalorliklar esa naqd to’rt yil davom etdi. Bu vaqt mobaynida uning bormagan eshigi qolmadi.

Joriy yil adliya vazirligining Farg’ona viloyatidagi sayyor qabullari davomida Dilorom Vahobiddinova ushbu 4 yilik “bosh og’riq” masalasi yuzasidan murojaat qildi. Muammo Oltiariq tuman adliya bo’limiga yo’naltirildi hamda Diloromxon va u kabi “yugur-yugur”lardan charchagan bo’lajak qo’shnilarining ham muammolari ijobiy hal etildi.

Umuman olganda, Oltiariq tuman adliya bo’limiga shu kunga qadar fuqarolardan jami 266 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 238 nafari, ya'ni, qariyb 85 foizi ijobiy hal etilgan. Qanoatlantirilgan murojaatlar kesimida fuqarolarga esa jami 160 milliondan ortiq ish haqi va boshqa ko’rinishdagi pul mablag’lari undirib berildi. Ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan 22 ta holatda ma'muriy javobgarlikka tortish haqida ma'muriy takliflar tegishli organlarga yuborildi. Shuningdek, fuqarolar manfaatini ko’zlab sudlarga 10 ta da'vo ariza kiritilgan va ularning barchasi qanoatlantirilishiga erishildi.

Abdurashid YuLDAShEV,

Oltiariq tuman adliya bo’limi boshlig’i.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat