Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLARGA BIR MARTALIK MODDIY YORDAM PULLARI TO’LIQ MOLIYALASHTIRILDI
2022-05-28 16:30:56 267
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo’llab-quvvatlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Oltiariq tuman bo’limi tomonidan 42 277 nafar fuqarolarga 14 mlrd. 565 mln. 300 ming so’m mablag’lar to’liq moliyalashtirildi.
Shundan 28 365 nafar yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a'zosiga hamda o’zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga 300 ming so’mdan jami 8 mlrd. 672 mln. 100 so’m;
13 911 nafar “Ijtimoiy himoya Yagona reestr” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan sifatida moddiy yordam hamda bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to’lmagan bolasiga – 200 ming so’mdan jami 5 mlrd. 922 mln. mablag’lar to’liq moliyalashtirildi.
11 365 nafar bank plastik kartasi orqali oluvchilarning plastik kartalariga mablag’lar to’liq yuklandi.
30 912 nafar naqd shaklda oluvchi fuqarolarga ATB "Xalq banki" Oltiariq filialining sayyor kassalari orqali belgilangan grafik asosida o’z egalariga manzilli tarqatilmoqda.
Bundan tashqari, “Temir daftar” ro’yhatiga kiritilgan ehtiyojmand oilalar ro’yxatlari shakllantirilib, ushbu oilalarning har bir a'zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatilishi "Sahovat va ko’mak" jamg’armasi orqali amalga oshirilmoqda. Eslatib o’tamiz, bu jarayon Prezident qarori imzolangan kundan boshlab 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat