Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DXX KUBOGI: MINI-FUTBOLDA FAROVONLIKLAR FAOL BO’LDI

×

 2022-05-28 12:57:53    255

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar qudratli davlatimizning ertangi kuni, yangi O’zbekistonimizning poydevori sanaladi. Zero, ularning sog’lom va komil inson bo’lib voyaga yetishlari mamlakat istiqbolini belgilab beradi.


Shu ma'noda, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini hayotga joriy etishda Davlat xavfsizlik xizmati ham o’zining sezilarli hissasini qo’shib kelmoqda.

Xususan, joriy yilning aprel oyidan boshlab, yurtimizning har bir go’shasida futbol va mini-futbol bo’yicha DXX kubogi o’tkazildi. Jumladan, tumanimizda ham mazkur sport musobaqalari yuqori uyushqoqlikda tashkil etildi. Kuni-kecha futbol bo’yicha tuman birinchiligi bo’lib o’tgan bo’lsa, bugun mini-futbol bo’yicha tuman birinchilini o’tkazildi.


Unda “Farovon” va “Yuksalish” mahallalari yoshlaridan iborat jamoalar maydonda to’p surib, viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritish uchun astoydil harakat qildilar. Murosasiz bahslarda Farovon mahallasidan iborat yoshlar faollikni qo’ldan boy bermay 3:0 hisobida g’oliblikni qo’lga kiritdi.

–                   Sport qadimdan dunyo davlatlarini tinchlikka chorlovchi muhim omil sanalgan. Zero, u davlatni dunyoga tanitishda eng yaxshi vosita bo’libgina qolmay, insonni ham jismonan, ham ma'nan sog’lom bo’lishiga xizmat qiladi. Shu ma'noda bugungi kunda mamlakatimizda aholi orasida sportni yanada ommalashtirishga qaratilgan davlat siyosati izchil tarzda hayotga joriy etilmoqda, – dedi taqdirlash marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Sh.Turdaliyev.

G’olib jamoa a'zolariga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat