Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ONALARGA EHTIROM” FESTIVALI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-05-25 14:52:13    233

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi tashabbusi asosida viloyatimizda o’tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali yuksak insoniy fazilatlari, samarali mehnat faoliyati, oilada farzandlar tarbiyasidagi ibrati bilan el nazariga tushgan, yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti uchun kamarbasta bo’lgan fidoyi rahbar va xodimlarni voyaga yetkazgan onalarga minnatdorlik ramzi sifatida onalarga ehtirom va e'tibor ko’rsatish maqsadida viloyat bo’ylab katta tadbir sifatida nishonlanmoqda.


Jumladan, mazkur festival tumanimizda ham yuqori uyushqoqlikda tashkil etilib, mahallalarda, mehnat jamoalarida keng nishonlanmoqda. Kanvoyi onaxonlarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularga fidoyi va vatanparvar farzandlarni voyaga yetkazib, elga qo’shlangari uchun tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Jo’rak qishlog’idagi 16-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib o’tdi. Unda hududdagi nuroniy onaxonlar taklif etildi.


Tadbirda so’z olgan tuman hokimining o’rinbosari - oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i vazifasini bajaruvchi X.Atajonova onalarni, ayol zotini e'zozlash yurtimizda azal-azaldan ezgu qadriyat bo’lib kelgani va mazkur festivalni o’tkazishdan maqsad ham dunyo beshigini tebratuvchi, oqila onajonlarimizga bo’lgan mehr-muhabbat, hurmatimizni namoyon etish, o’sib kelayotgan yosh avlod ongi shuurida ota-onaga hurmat, farzandlik burchlarini ado etish, ularni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirishga ko’maklashishdan iborat ekanligini alohida ta'kidladi. 


Uchrashuvda “Onalarga ehtirom” festivalining mazmun-mohiyati va yuksak tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib o’tildi hamda anvoyi gullar jamlangan guldastalar taqdim etildi.

Mo’'tabar onaxonlar ham samimiy e'tirof, alohida e'tibor va bayramona yo’qlovlar uchun minnatdorlik bildirib, yurt tinchligi va farovonligini tilab duoga qo’l ochdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat