Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI
2022-05-24 17:02:48 266
Bugun, 24 may kuni Oltiariq tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sh.Turdaliyev sektor binosida Tinchlik shaharchasida istiqomat qilayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.
Bu uchrashuvning samimiy va oshkora, ochiqlik bilan o’tishini astoydil istagan tuman rahbari yoshlar bilan yurakdan suhbatlashdi. Yoshlarning yutuqlarini e'tirof etarkan, bu yutuqlarning salmog’i yanada baland bo’lishi uchun yana qanday sharoitlar yaratilishi, yoshlarning xohishi haqida so’raldi.
Ayrim yoshlarning o’z imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanmayotganligi hech kimni befarq qoldirmasligi ta'kidlandi. "Tengdosh tengdoshga" tamoyili asosida hamma yoshlar faollikka chorlandi.
Shuningdek, muloqotda mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarga to’xtalib o’tildi. Tuman hokimi bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda yoshlar bir qator taklif va muammolarini bildirib, tegishli javoblarni oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat