Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DEPUTAT SA'Y-HARAKATI BILAN ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILDI
2022-05-23 19:18:43 416
Xalq bilan tez-tez uchrashib, yuzma-yuz muloqotlarda ular bilan fikrlashish, fuqarolarning murojaatlari, takliflarini o’rganish hududlardagi ijtimoiy hayotning muhim masalalarini aniqlashga yordam beradi.
Zero, mahallama-mahalla yurib, odamlarning dardu tashvishini eshitish orqali aholining yashash sharoitlari tubdan yaxshilanadi, ko’p yillik muammolarga yechim topiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahromjon Rahmonaliyevning Oltiariq tumani “Bo’rbonliq” MFY aholisi bilan uchrashuvi davomida saylovchilardan elektr energiyasi ta'minotida yuzaga kelayotgan uzilishlar, transformator nosozligi, simyog’ochlar qo’lbola ekanligi va boshqa shu kabi masalalarga oid murojaat kelib tushgandi.
Xalq vakili ushbu masalalarni o’z nazoratiga olib, murojaat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga deputatlik so’rovi yubordi. Oradan hech qancha vaqt o’tmay, hududdagi transformator ta'mirlandi, qo’lbola simyog’ochlar yangilariga almashtirildi.
Deputat B.Rahmonaliyevning tumandagi “Muqumiy” va “Polason” mahalla fuqarolar yig’ini aholisi bilan muloqotlari davomida mahalliy aholi vakillari ichimlik suvi masalasida murojaat qilgan edi.
B.Rahmonaliyev ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so’rovi yubordi. Natijada Respublika byudjetidan zarur mablag’ ajratilib, suv chiqarish ishlari boshlab yuborildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat