Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TAJRIBASI OMMALASHMOQDA

×

 2022-05-22 16:42:16    248

PDF yuklash
Chop etish


Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining va Vazirlar Kengashining raislari, viloyatlar hokimlari, ularning investitsiyalar va tashqi savdo hamda qishloq va suv xo’jaligi masalalaridan mas'ul o’rinbosarlari, vazirlar, ularning o’rinbosarlari, respublika tashkilot va idoralari, tijorat banklari rahbarlari Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari Shuhrat G’aniyev bilan birga Farg’ona viloyatida bo’ldilar.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12-13 may kunlari Farg’ona viloyatiga qilgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga asosan mehmonlar viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamrohligida viloyatdagi yirik investitsion loyihalar, yangi ish o’rinlari yaratish, mahallabay ishlash, bog’dorchilik va uzumchilik sohalarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.


Mehmonlar Oltiariq tumanida Katput MMTP hududidagi ming gektar adirlikda tashkil etilgan uzumchilik va bog’dorchilik plantatsiyasi bilan ham tanishdilar. Avvallari bu joy hech narsa ekilmaydigan quruq yer edi. Suv ta'minotini yetarli yo’lga qo’yish uchun 12 ta tik sug’orish quduqlari qazildi, suv hovuzlari barpo etildi, tomchilab sug’orish tizimi joriy etildi, nasoslar o’rnatildi, elektr tarmog’i tortildi. O’zlashtirilgan maydonlarning 560 gektarida beton ustunlar o’rnatilib, tokzor barpo etildi, “xusayni”, “kelinbarmoq”, “rizamat”, “kishmish” kabi xaridorgir uzum navlari ekildi. Bu uzumzorlar aholiga 25 sotixdan 25 million so’mlik 7 yillik imtiyozli kredit asosida bo’lib berilmoqda. 300 gektarlik intensiv bog’da esa olma, gilos, o’rik ko’chatlari o’tqazilmoqda. Qator oralariga tarvuz ekilgan. Bozor talabiga qarab, qalampir, bulg’or qalampiri, bodring, ko’katlar va boshqa poliz mahsulotlari yetishtiriladi.


Bugungi tadbirda nishab adirlikdagi uzumzor va bog’larda o’rnatilgan avtomat sug’orish hamda organik o’g’itlash tizimlari, shuningdek bunday loyihalarda ta'minotchilarni hamda fuqarolarni kreditlash jarayonlari haqida to’la ma'lumot berildi. Meva-sabzavot logistikasi sohasida faoliyat yurituvchi mahalliy tadbirkorlar o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat