Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQLIK PILLAKORLAR 139 TONNA SANOAT XOM ASHYOSINI YETISHTIRISHNI REJALASHTIRGAN

×

 2022-05-20 12:19:01    166

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda tumanimizda sanoatning pilla hosilini sifatli yig’ib olish olishlari jadallik bilan olib borilmoqda.


«Oltiariq agropilla» MChJ rahbari Alisher Hoshimovning ma'lum qilishicha, joriy yilda tumanda 139 tonna pilla hosili yetishtirish ko’zda tutilgan. Ayni jarayonda 14 ta inkubatoriyda 2430 quti ipak qurti urug’i sifatli jonlantirilib, to’liq mahalliy urug’ bo’lishiga erishildi. Ozuqa bazasini ta'minlash maqsadida 108 gektar yangi tut plantatsiyasi tashkil etildi. Bu sa'y-harakatlar natijasi o’laroq shu kunlarda barakali hosil yig’ishtirib olinyapti.


Tumanning Bo’ston mahalla fuqarolar yig’inida istiqamat qiluvchi Halima Pirimqulova va Diloromxon To’ychiyevalar yoshliklaridan oilalarida ipak qurti parvarishlab katta bo’lganlar. Bu bo’yicha katta avlod vakillaridan yetarlicha tajriba va mahoratni o’rganganlar. Ular har yili o’z xondonlarida ipak qurti parvarishlab, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shib keladilar. Bu yil ham hududdagi “Yigitali Asqarali Akmal fayz” fermer xo’jaligidan 2 qutidan ipak qurti olib parvarishladilar. Natijada barakali hosil ko’tarildi. Belgilangan reja ortig’i bilan bajarilib, sifatli pillalar davlat xirmoniga yetkazib berildi.


Bugun pillakorlarning zahmatli mehnatlari evaziga yetishtirilgan barakali hosillarni yig’ib olishda tuman hokimi o’rinbosari – oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i vazifasini bajaruvchi Xilolaxon Atajonova ham ishtirok etib, elu yurtimiz rivojiga hissa qo’shayotgan xotin-qizlarning mehnatlarini alohida e'tirof etdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat