Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL: MUAMMOLARGA YECHIM IZLANMOQDA
2022-05-19 22:25:02 216
Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdaliyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabulini o’tkazdi.
Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri, sektor rahbarlari, tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o’rganib chiqildi.
Sayyor qabulda 55 nafardan ortiq fuqaro tomonidan ishga joylash, tadbirkorlikni boshlash uchun yer va kredit olish, moddiy yordam va nafaqa pullarini olish, uy-joy olishda yordam so’rab o’nlab murojaatlar tinglandi.
Sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Shu kuni o’nlab murojaatlar mas'ul rahbarlar boshchiligida ijobiy hal etildi. Bundan tashqari, muddat talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ayrim murojaatlar bo’yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslaxatlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat