Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI OLTIARIQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 47-SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2022-05-16 20:35:58 212
Sessiyani tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Turdaliyev boshqarib bordi.
Sessiya ishida dastavval Oltiariq tumanida sektor rahbarlari tomonidan joriy yilning I-choragida sektorlarda amalga oshirilgan ishlari bo’yicha hisobotlar eshitildi. Unda fuqarolar manfaatini himoya qilish, moddiy va ma'naviy ko’mak berish, hayotdan rozi bo’lib yashashlariga erishi borasida tizimli ishlar tashkil etilayotgani alohida e'tirof etildi. Shundan so’ng, Oltiariq tumanida "Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollarni "Ayollar daftari" ro’yxatidan chiqarish to’g’risidagi masala muhokama markazida bo’ldi. Bu bo’yicha tuman hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i X.Atajonovaning axboroti tinglandi.
Sessiyada tuman xokimining o’rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i K.O’rinboyevning “2021 yilda investitsiya loyihalari va boshqa dasturlar doirasida yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash prognoz ko’rsatkichlarini bajarilishi haqidagi hamda 2022 yilda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar to’g’risidagi va tuman hududida kichik sanoat zonalarini tashkil etish, mavjudlarining faoliyatini samarali tashkil etish haqidagi axboroti tinglandi.
Bundan tashqari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari U.Mirzamahamedovning “Oltiariq tumanida mahallabay ishlash tizimi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida”gi va “Farg’ona suv ta'minoti" MChJ Oltiariq tuman bo’limi rahbari A.Qosimovning “Oltiariq tumanida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash borasida 2022 yilning I-choragida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar to’g’risida”gi axborotlari keng muhokama etildi.
Shuningdek, sessiya ishida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Sh.Buzrukovning “Oltiariq tumanida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati sifatini yanada yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy yordam ko’rsatish darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi barcha masalalar keng muhokama etilib, sessiya yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat