Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ONALARGA EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2022-05-16 13:13:00    369

PDF yuklash
Chop etish


Xalqaro Oila kuni munosabati bilan tumandagi 21-umumiy o’rta ta'lim maktabida "Xotin-qizlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzi barqarorligini ta'minlash" mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. 


Seminarda tuman xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi muassasalarda tashkillangan Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkilotlar raislari, hududdagi obro’-e'tiborli, boy hayotiy tajribaga ega bo’lgan onaxonlar, faxriy pedagoglar qatnashdi.

Seminar kreativ yondashuv hamda yuqori darajadagi tayyorgarlik bilan o’tdi. "Buvijonim o’gitlari" mavzusida davra suhbati o’quvchi qizlarning oilaviy qadriyatlar xususidagi qarashlarini shakllantirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo’ldi. 

Shuningdek, seminar davomida "Oila - muqaddas dargoh" shiori ostida rasmlar ko’rik-tanlovi, "Onalarga ehtirom" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkillandi. 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat