Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ UZUMI DUNYO BRENDIGA AYLANADI

×

 2022-05-13 22:11:34    305

PDF yuklash
Chop etish


Bobom Oltiariqda mashhur uzumchi sifatida tanilgan edi. Aqlimizni tanib, bobo va otamning qavatida turib, uzum yetishtirish sir-asrorlarini o’rgandim.


Bu borada keyingi yillarda yaratilgan qulay sharoitlardan foydalanib, uzumzorlar yaratdim. Qapchug’ayning qir-adirlarida ming gektar yerda ish boshlangach, o’zim barchasiga bosh-qosh bo’ldim. Uzumning «Husayni», «Mers», «Rizamat ota» singari eng xaridorgir navlari ekildi. Endilikda bu yerda uch mingdan ziyod yoshlar doimiy ishli bo’lishini o’ylasam, barcha qiyinchilik va mashaqqatlar esdan chiqadi.

Prezidentimiz tumanimizga tashrif buyurgan chog’ida biz bilan suhbatlashib, yanada yangi yutuqlar sari rag’batlantirdi. Oltiariq uzumini dunyo brendiga aylantirish borasida astoydil harakat qilishimiz kerakligini ta'kidladi.

Davlatimizning rahbarining «Oltiariq xalqi juda mehnatkash. Oltiariqning tuprog’i oltin. YEr bilan tillashish va dillashish borasida tuman ahlida katta hayotiy tajriba bor. Buni ilm bilan, innovatsiya bilan yanada rivojlantirish kerak», degan so’zlari qalbimizga olov yoqdi. Kuchimizga kuch, g’ayratimizga g’ayrat qo’shdi.

Ayni paytda dunyo bozorlarni zabt etish harakatidamiz. Shu maqsadda Hindistondan serhosil, uzoq muddat saqlashga yaroqli uzum navini olib kelib, mahalliylashtirish ustida izlanishlar olib bormoqdamiz. Osiyo, Arab davlatlariga uzum eksport qilish imkoniyatlari o’rganilyapti.

Yaqin yillarda Oltiariq uzum jahon bozorida brend mahsulotlardan biriga aylanishiga ishonamiz. Buning uchun imkoniyatimiz ham, shunga yarasha salohiyatimiz ham yetarli.

Isaqjon BOYMATOV,

uzumchi-dehqon.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat