Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQDA “ADLIYA SAYLI” BO’LIB O’TDI
2022-05-07 15:37:06 244
Tuman Madaniyat markazida tuman adliya bo’limi tomonidan “Inson qadrini ulug’lash-eng oliy saodat” shiori ostida “Adliya sayli” tadbiri tashkil etildi.
Unda tuman darajasidagi barcha davlat organlari va tashkilotlari mutaxassislari tomonidan fuqarolarning muammolarini eshitish va ularni hal etish bo’yicha tegishli huquqiy-amaliy yordam ko’rsatildi. Sayyor davlat xizmatlari, notarial harakatlar va FHDYo harakatlarini amalga oshirish, oilaviy nizolar va ajrimlar, ishsizlik va jinoyatchilikni oldini olish kabi ko’plab masalalarga e'tibor qaratildi.
Aholini huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga, ularga qabul qilinayotgan qonunlar va ularga kiritilayotgan o’zgartish va qo’shimchalar haqida oddiy tilda tushuntirishlar berish maqsadida har bir davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan ko’rgazmali targ’ibot materiallari bilan jihozlangan «Huquqiy axborot burchaklari» tashkil etildi. Adliya vazirligi tomonidan oila, uy-joy, yer, soliq, bank, tadbirkorlikka oid, mehnat, ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy himoya, ta'lim, iste'molchilarning huquqlari va boshqa hayotiy muhim masalalar bo’yicha tayyorlangan yuzlab huquqiy qo’llanmalar tarqatildi.
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftariga” kiritilgan fuqarolarning murojaatlari nazoratga olindi. Bundan tashqari, yoshlar va imkoniyati cheklangan shaxslarga qonunchilikda berilgan imtiyozlar, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kredit olish bilan bog’liq masalalarga ham oydinlik kiritildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat