Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAATLAR QAT'IY NAZORATGA OLINDI

×

 2022-05-05 15:26:02    426

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolarning muammolarini hal etish, aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kuchaytirish - bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. O’tkazilayotgan sayyor qabullar bu boradagi ishlarning amaliy natijasidir.

Bugun, 5 may kuni tuman hokimi Sh.Turdaliyev tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasida aholi bilan navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi.

 Unda hokimlikning mas'ul xodimlari, tuman Xalq qabulxonasi va tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Qabul davomida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash va ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratildi. Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan 20 dan ortiq murojaat bo’ldi. Ularning aksariyati uy-joy, ishga joylashish, bankdan kredit olish, elektr energiyasi ta'minoti, sog’liqni saqlash, kommunal xo’jalik, yo’llarni ta'mirlash sohasidagi muammolar bilan bog’liq bo’ldi.

Shu kuni barcha fuqarolarning murojaatlari atroflicha o’rganib chiqildi. Ijrosi vaqt talab etgan muammolar yuzasidan tuman hokimi tomonidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilanib, ijrosi yuzasidan muddat belgilandi va qat'iy nazoratga olindi.  



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat