Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ZAMON BILAN HAMNAFAS ODAMLAR
2022-05-04 16:39:16 377
Xalqimizda “Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq”, degan ibratli maqol bor. Serg’ayrat, tinib-tinchimas tuman ahli shunday xislatga ega. Chunki mamlakatimizning eng mashhur tumanlari qatori barcha jabhalarda quvonarli yutuqlar, amaliy natijalarga erishayotgan, ertangi kun istiqboli yo’lida dadil odimlayotgan shu Oltiariq va oltiariqliklardir.
To’g’ri, Oltiariqda ham odamlarning turmush tarzi, dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidagi faolligini yanada oshirish bilan bog’liq muammolar yo’q emas. Ammo odamlarda intilish, harakat kuchli, ezgu tashabbuslar ko’p, dehqonchilik, tadbirkorlik yaxshi rivojlangan. Bu odamlar ertaga, uzoq kelajakda emas, bugun baxtli yashashi kerak, degan ezgu tamoyilni ro’yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
2022 yilning birinchi choragida tumanda 118 ta yuridik shaxs, 215 nafar yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tkazildi. Qishloq xo’jaligi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o’sishiga erishildi. Xizmatlar sohasini rivojlantirish borasida yangi-yangi loyihalar hayotga tatbiq etildi.
Bu yil qishloq xo’jaligi sohasida umumiy qiymati 124 mlrd. 387 mln. so’m bo’lgan 37 ta loyiha amalga oshiriladi. 12 ta meva-sabzavot saqlashga mo’ljallangan muzlatgichli omborxona qurish, 10 ta uzum plantatsiyalari tashkil etish, 2 ta qishloq xo’jaligida xizmat ko’rsatish, 12 ta chorvachilikni rivojlantirish loyihalarini hayotga tatbiq shular jumlasidandir.
Ayni kunlarda Qapchug’ay adirlarida 1000 gektar yerda uzumzor tashkil etish, 4 mingta yangi ish o’rni yaratish bo’yicha izchil sa'y-harakatlar olib borilyapti. Shuningdek, meva-sabzavotchilik klasterlari, kooperatsiyalari faoliyatini rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, issiqxona xo’jaliklarini kengaytirish maqsadida aniq rejalar ishlab chiqilgan. Bu borada har bir sektor, mahalla, oila kesimida tizimli ish olib boriladi.
Mushtarak maqsad yo’lida kattayu kichik sidqidildan mehnat qilib, fayzli va barakali yurt odimlari yanada zalvorli bo’lishiga intilamiz. Oltiariq ahli ezgu niyat-maqsadlari ro’yobini ko’rib, tinch-osoyishta, farovon hayot shukuhidan bahramand bo’lib yashashi mening eng katta orzuimdir.
Shamsiddin TURDALIYEV,
Oltiariq tumani hokimi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat