Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KATYUSHA”GA O’YNASHNI QOYILLATADIGAN OTAXON

×

 2022-05-04 15:48:47    284

PDF yuklash
Chop etish


Oqbo’yra qishlog’ida fayzli bir xonadon bor. Hamisha mehmonlar bilan gavjum bo’ladigan ushbu xonadonda Ikkinchi jahon urushi faxriysi, bir asrlik umr dovoniga yaqinlashayotgan To’lanboy ota Shokirov istiqomat qiladi.

Otaxonning birda qayg’uli, birda shodumon xotiralari yoshlar uchun o’ziga xos hayot maktabi. 17 yoshida qo’liga qurol olgan Oltiariq o’g’loni 1948 yili ko’ksi to’la orden-medallar bilan ota yurtga qaytdi. Enaxon aya bilan besh farzandni tarbiyaladi.

Otaxonning xotirlashicha, jangohlarda haftalab och qolib ketgan kunlari ko’p bo’lardi. Ana shunday kunlarda safdoshlar kayfiyatni ko’tarish uchun “Katyusha” qo’shig’iga raqsga tushib berishini iltimos qilishar, miriqib raqsga tushish orqali qorin g’ami unutilib, qalblar taskin topardi.   

 -2020 yili Toshkentda nishonlangan G’alaba bayramiga bordim. Prezidentimizning o’zlari men bilan suhbatlashib, To’lanboy ota yana bu soatni nabiralarga sovg’a qilib yubormang, deb qo’limga soat taqib qo’ydilar, - deya xonadon sohibi yo’qlab kelgan mehmonlarga qo’lidagi soatni ko’rsatdi. 

Bunday e'tibor va rag’bat bu kabi tirik afsonalarimizning hayotini uzaytiruvchi eng muhim omil bo’lsa, ne ajab!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat