Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM TABRIGI

×

 2021-03-22 09:13:39    152

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozovning "Mahalla tizimi xodimlari kuni" munosabati bilan 

BAYRAM TABRIGI


Assalomu alaykum, qadrli mahalla tizimi xodimlari!


Prezidentimizning tashabbuslari bilan 22 mart sanasining «Mahalla tizimi xodimlari kuni» deb e'lon qilinishi Sizlarga bo’lgan yuksak e'tibor va e'tirofning yorqin ko’rinishidir.


Mahalla tizimi xodimlari kunini Yurtboshimiz bejiz Navro’z - yasharish va yangilanish bayrami arafasida nishonlanishini taklif etmadilar. Chunki xalqimizga xos bo’lgan azaliy va qadim urf-odatlar, ona zaminning uyg’onishi, insonlarga rizq ulashuvchi saxiy dehqonlarimizning yerga urug’ qadashi bilan bog’liq tabarruk an'analarimiz bevosita mahallada va undagi oilalarda namoyon bo’ladi.


Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan ezgu tamoyil bugun barcha darajadagi idora va tashkilotlar uchun dasturulamalga aylandi. Xalqimizni jipslashtiradigan maskan esa mahalladir. Shuning uchun Prezidentimiz hududlarga tashrifi davomida bevosita mahallalarga borib, aholi bilan uchrashib, islohotlar samarasi bu yerda o’z aksini topishi, har bir ishning natijasi, mezoni mahalladagi odamlarning roziligi ekaniga alohida urg’u bermoqda.


Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda faollik ko’rsatayotgan barcha mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlarini kasb bayramlari va Navro’z ayyomlari bilan yana bir bor tabriklayman! 


Sizlarga hamisha bahoriy kayfiyat, mustahkam sog’lik, sohada olib borayotgan ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!


Bayramingiz muborak bo’lsin!


Xolmirza Niyozov,

Oltiariq tumani hokimi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat