Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM TABRIGI

×

 2021-03-21 07:22:34    531

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozovning "Navro’z" bayrami munosabati bilan 

BAYRAM TABRIGI


Aziz va muhtaram oltiariqliklar! 

Qadrli yurtdoshlar! 


Mana, mustaqil O’zbekistonimizga yasharish, bahor va go’zallik ayyomi – Navro’zi olam kirib keldi. Yurtimiz uzra katta xursandchilik bilan tantana qilinayotgan Navro’zga xush kelding, deya peshvoz chiqmoqdamiz.


Zamondoshlarimizga ko’tarinki kayfiyat bag’ishlaydigan, uyg’onish va go’zallikni o’zida ifoda etuvchi ushbu ayyom bugungi kunda xalqlarni birlashtirib, tinchlik, obodlik, mehr-oqibat, ezgulik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etuvchi, butun dunyoda do’stlik hamda hamjihatlikka da'vat qiladigan xalqaro bayramlardan biriga aylandi. Bir necha yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga muvofiq Navro’z bayrami xalqaro miqyosda keng nishonlab kelinayotgani ham bu qadimiy bayramning ahamiyati olam aro yuksak ekanligidan dalolatdir.


Mazkur ezgu ayyom barcha sof niyatli insonlarni birlashtirib, ularning qalbida eng go’zal va olijanob tuyg’ularni uyg’otadi. Shu bois ham Navro’zi olam mustaqillik yillarida millati, tili va dinidan qat'iy nazar, diyorimizda yashayotgan barcha yurtdoshlarimizning ardoqli va sevimli bayramiga aylandi. Bu esa barchamizning dillarimizga faxr-iftixor tuyg’ularini bag’ishlaydi.


Diyorimizning barcha go’shalarida o’tkazilayotgan Navro’z tantanalarida xalqimizga xos mehr-muruvvat, kechirimlilik, bag’rikenglik, shukronalik kabi ezgu fazilatlar namoyon bo’lmoqda.


Vatandoshlarimizning yuzu ko’zida tabassum, dillari shodu xurramlikka to’la. Nuroniylarimiz duoga qo’l ochganlarida, Yaratgandan elu yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka so’rashmoqda.


Mustaqillik qadimiy bayramimiz – Navro’zga yangicha fusun va joziba baxsh etdi. Zero, xalqimizning boy ma'naviy qadriyatlarini Navro’zsiz tasavvur etish aslo mumkin emas. Har yilgidek, bu yil ham mirishkor dehqon va fermerlarimiz katta orzu-niyatlar bilan yangi mehnat mavsumini boshlamoqdalar. Barchamiz yilimiz qutluq kelsin, hosilimiz mo’l bo’lsin, mehnatingizdan baraka toping, deb ularni tabriklab, ishlariga rivoj tilaymiz.


Azizlar!

Navro’z kunlari boshlangan ishlar doimo xayrli hamda omadlarga boy bo’ladi. Yangidan-yangi yutuqlarga erishishimiz, paxta, g’alla, pilla, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l-ko’l hosil olish, turli ishlab chiqarish sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritish uchun yurakdan chiqarib, g’ayrat-shijoat bilan mehnat qilishimiz zarur. Ana shu kabi ulug’vor reja va maqsadlarimiz amalga oshishi yo’lida sizlarga omadlar tilagan holda, barchalaringizni Navro’z bayrami bilan samimiy tabriklayman.


Qalbimiz shodlik va quvonchga to’lgan mana shu nurli lahzalarda sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxt-saodat, fayzu baraka, el-yurt ravnaqi yo’lidagi ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.


Navro’z bayramingiz muborak bo’lsin!


Xolmirza Niyozov,

Oltiariq tumani hokimi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat