Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«HUQUQIY AXBOROT KUNI» TADBIRI O’TKAZILDI
2021-03-12 21:18:29 612
Oltiariq tuman adliya bo’limi tashabbusi bilan viloyat hokimining 2021 yil 15 fevraldagi farmoyishi hamda viloyat adliya boshqarmasining 2021 yil 24 fevraldagi topshiriq xatiga asosan Oltiariq tumanidagi Guliston hamda Navoiy mahalla fuqarolar yig’inlarida hamkor tashkilotlar notarial idora, davlat xizmatlari markazi, aholi bandligiga ko’maklashish markazi, tibbiyot birlashmasi ishtirokida «Huquqiy axborot kuni» tadbiri o’tkazildi.
Unda "Ayollar daftari", "Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar va boshqa ko’plab fuqarolar ishtirok etdilar. Tadbir davomida fuqarolarga turli masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Tadbir davomida adliya bo’limi xodimlari tomonidan 16 ta, tibbiyot birlashmasi tomonidan 15 ta, aholi bandlikka ko’maklashish markazi tomonidan 9 ta, notariuslar tomonidan 6 ta, davlat xizmatlari markazi tomonidan 5 ta murojaat qabul qilinib, hal qilish choralari ko’rildi.
Hududlarda «Huquqiy axborot kuni» tadbiri davom etmoqda.
Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat