Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN TAMOMLAGAN JAMIYATXON BILIMLILAR ICHIDA ENG BILIMDONI BO’LDI

×

 2024-07-31 13:42:45    2926

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani Yangiturmush MFYda yashovchi, tuman MMTBga qarashli 3-IDUM o’quvchisi Jamiyatxon Abdullayeva bu yilgi abituriyentlar orasida eng bilimdoni sifatida e'tirof etildi.

U Oliy ta'lim muassasasiga Davlat Granti asosida o’qishga qabul qilishning yuqori ko’rsatkichi 150 ball bo’lgani xolda Test savollarini 184,7 ballik natija bilan yechishga muvaffaq bo’ldi.

Bugun tuman hokimi Sh.Turdaliyev oltiariqlik bilimdon qiz bilan muloqotda bo’lib, avvalo erishgan yuksak natijalari bilan tabrikladi. Ota-onasi va ustozlariga rahmat aytdi.

- Farg’ona Davlat Universiteti Filologiya fakultetida tahsil olib, kelajakda pedagog bo’lmoqchiman. Ustozlarimga xavas qilganman. Sifatli ta'lim olishimiz uchun maktabimizda yaratilgan sharoitlardan yetarlicha foydalandik. Xammasi uchun rahmat aytaman. Kelajakda o’qituvchilik kasbini egallab, "Yangi O’zbekiston"ning ilm-ma'rifatli kadrlari safini yanada kengaytirishga xissa qo’shaman, deydi, Jamiyatxon!

Tuman hokimi bu umidli yoshga samimiy tilaklarni bildirib, muvaffaqiyatlarni mustahkamlashga, ilmiy izlanishlar qilib, yanada yuksak marralarni egallashiga da'vat qildi. Bu borada tuman hokimligi doimo qo’llab-quvvatlashini ta'kidladi.

Jamiyatxon Abdullayevaga tuman hokimligi tomonidan "Tashakkurnoma" hamda sovg’alar topshirildi.

Tadbirda hokim o’rinbosari A.Islomov, tuman MMTB mudiri M.Teshaboyev hamda ta'lim sohasi mutasaddilari ishtirok etdilar.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.