Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMAN HOKIMINING MUROJAATI

×

 2024-07-18 13:39:04    2488

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11-12 iyul kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan Oltiariq tumani hokimi Sh.A.Turdaliyevning tuman xalqiga

MUROJAATI

Assalomu alaykum hurmatli Oltiariqliklar!

Davlatimiz rahbarining joriy yilning 11-12 iyul kunlari Farg’ona viloyatiga hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan yirik bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish yuzasidan tashrifi davomida bizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Muhtaram Prezidentimiz raisligida o’tkazilgan faollar yig’ilishida Oltiariq tumanini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, qator mas'uliyatli topshiriq va vazifalari berildi.

Oltiariq tumani aholisi 226,1 minga yaqinlashganini inobatga olib, tumanda salohiyatli tadbirkorlar ko’pligi, imkoniyat ham, sharoit ham yetarlicha ekanligi, agar to’g’ri yondashuv va tizimli ishlar tashkil etilsa, investitsiya, ishlab chiqarish, ish o’rini va eksportni karrasiga oshirish mumkinligi ko’rsatib o’tildi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha alohida dastur ishlab chiqdim.

Shu maqsadda, davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan rejalarga muvofiq quydagi ishlarni amalga oshiraman.

Oltiariq tumanidagi “Hamza ekspo art Tekstil” xususiy korxonasi tomonidan qiymati 113,0 mlrd. so’mlik trikotaj va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish (2-bosqich) loyihasi amalga oshiriladi. Natijada 200 ta yangi ish o’rni yaratiladi.

Tumanidagi “OKTAM” xususiy korxonasi tomonidan “Navoiy” MFY hududidagi foydalanilmay turgan qozonxona o’rnida qiymati 5 mlrd.so’mlik “Zamonaviy tibbiy klinika” tashkil etiladi. Natijada 55 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Tumanidagi “Zarimoda” MChJ tomonidan “Gulobod” MFY hududidagi bo’sh turgan bino negizida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi tashkil etiladi. Natijada hududdagi 100 ta ayollar uchun doimiy ish o’rni yaratiladi.

Oltiariq tumani hududidan 52,67 gektar yer maydonida ishlab chiqarish korxonalari uchun kichik sanoat zonasi tashkil etilib, 3000 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi. Shu bilan birgalikda “Katput massivi 2-uchastka” va “Oqbo’yra massivi”dagi yerlarda kichik sanoat zonasi tashkil etilib, 300 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari joylashtiriladi.

Oltiariq tumanidagi “Qiziltepa MFY hududidagi” Shifobaxsh suv (Oshqozon ichak yo’llarini) davolashga ixtisoslashgan mavjud 8 ta sihatgoxlarni kengaytirish hamda ushbu hududga yaqin joylashgan mahallada uy mexmonxona, savdo va servis ob'ektlarini joylashtirib, yiliga 10 ming turist jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Tumanni iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz belgilab bergan yangicha tizim asosida ish olib borib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazib, ularning muammolarini hal etish, qo’shimcha imkoniyatlarini ishga solish orqali joriy yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1051,3 mlrd so’mga yetkazib, 1,2 barobarga oshiraman.

Davlatimiz rahbari dunyodagi o’ta murakkab sharoitda jahon bozorlariga yangi yo’l ochish, investitsiya olib kelish bo’yicha aniq vazifalar belgilab berdilar.

Shundan kelib chiqib umumiy qiymati 19,2 mln dollarlik 20 ta loyihalarni shakllantirib oldik va ularni yil yakuniga qadar to’liq ishga tushirilishini ta'minlayman.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan eksportyor korxonalarni qo’llab quvvatlashi natijasida tumanda 2023 yilda 109,1 mln. dollar eksport qilingan bo’lsa. joriy yil yakunida bu ko’rsatkichni 129,4 mln. dollarga yetkazaman.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish xajmini oshirish orqali tannarxni pasaytirish, yangi qurilayotgan uy-joylar uchun qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojlarni viloyatda ishlab chiqarilgan temir-beton va tsement mahsulotlari bilan ta'minlash bo’yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida yakuniga qadar tumanda qurilish yo’nalishida 2 ta loyihalar ishga tushiriladi.

Shuningdek tumanni Tinchlik shaharchasining shaharsozlik qiyofasini o’zgartirish, ko’p qavatli uy-joylarda yashovchi aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1968-1975 yillar oralig’ida qurilgan, ma'nan eskirgan 2 qavatli 2 ta turar-joylarni saloxiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan xolda renovatsiya asosida yangitdan quriladi.

Bunda binolar 5-7 qavatli, yerto’la va 1-qavatlarida hizmat ko’rsatish ob'ektlarini joylashtirish belgilanadi.

Aholi daromadlarini oshirish, kambag’allikni qisqartirish maqsadida yil yakuniga qadar tumanda 8 896 nafar aholi bandligi ta'minlanadi, jumladan:

investitsiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish yo’nalishida – 756 ta;

moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambag’allikni qisqartirish yo’nalishida aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish – 3520 ta;

qishloq, suv va o’rmon xo’jaligida doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish orqali – 4324 ta;

qurilish, transport va kommunal sohalarida aholini doimiy ishlarda band qilish va korxonalarda norasmiy ishlayotgan xodimlarni vaqtinchalik prognoz ko’rsatkichlari – 296 ta aholi bandligi ta'minlanadi.

Aholini kambag’allikdan chiqarish va daromadini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshiraman, jumladan:

mahallalarda qiymati 46,6 mlrd so’m bo’lgan 1 440 ta kichik ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish mikroloyihalarini ishga tushirish hisobiga ikkinchi yarim yillikda 2 907 nafar aholi band qilinadi.

Shuningdek 13 928 ta o’zini-o’zi band qilish, 307 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik, 326 ta yangi korxonalar va 4 333 ta dehqon xo’jaliklari tashkil etiladi;

mahalla tomorqasida va uy xo’jaligida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida yil yakuniga qadar 2,1 ming nafar aholi bandligi ta'minlanadi, ushbu maqsadlarga jami 40,0 mlrd so’m imtiyozli kredit mablag’lari yo’naltiriladi;

tijorat banklari tomonidan o’z mijozlari bilan 19 ta uchrashuvlarda 798 ta tadbirkorlik sub'ektlarini jalb qilish hisobiga 1 995 ta qo’shimcha ish o’rinlari yaratiladi.

Bugungi kunda migratsiyada yurgan, hatlov natijasi kam daromad olayotganligi aniqlangan 2 017 nafar fuqarolarni qaytarib va ularni doimiy daromadga ega, kafolatlangan ish o’rin bilan ta'minlayman.

Bunda ularni bilim va ko’nikmalaridan kelib chiqib ishlab chiqarish korxonalariga joylashtiriladi. Shuningdek kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qitilib, subsidiya hamda imtiyozli kredit mablag’lari hisobidan tadbirkorlikka yo’naltiriladi.

Aholini tamorqadan foydalanishi madaniyatini yanada oshirib, mazkur yo’nalishda “Sayxunobod”, “Uychi tajribalari”ni keng qo’llayman.

Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish natijasida joriy yil yakuni bilan 14,6 ming nafar aholi bandligi ta'minlanadi, 6,5 ming nafar aholi biznesga jalb qilinadi, barcha mahallalar “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantiriladi, kambag’allik darajasi 12,0 foizdan 9,8 foizga, ishsizlik 7,0 foizdan

2,9 foizga kamaytiraman.

Shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmini 1 051,3 mlrd so’mga (108,1 %), xizmat ko’rsatish hajmini 1 416 mlrd so’mga (117,5 %), qishloq xo’jaligi xajmini 3 950,1 mlrd so’mga (103,5 %), eksport xajmini 129,4 mln dollarga (113 %) yetkazamiz.

Davlatimiz rahbarining bergan vazifa va topshiriqlaridan tegishli hulosa chiqargan holda Men o’z komandam va albatta Sizlar bilan birgalikda mazkur vazifalarni to’laqonli bajarishda bor kuch-g’ayratim va shijoatimni sarflayman.

Bunda Allohni o’zi madadkor bo’lsin.